статья FIZIKA DARSLARIDA SIFAT MASALALARI
FIZIKA DARSLARIDA SIFAT MASALALARI
Ibragimov Berdimurat
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, O`zbekiston Respublikasi
Аннотация. В данной статье указана роль и значение качественных задач в преподавании физики, приведены их виды и даны рекомендации по их решению.
Ключевые слова: качественные задачи по физике, эвристический метод, графический метод, экспериментальный метод, решение задач.
Abstract. In this article, the role of qualitative issues in the teaching of physics is indicated, their types and recommendations for their solution are given.
Key words: qualitative problems in physics, heuristic method, graphic method, experimental method, solution of problems.
Fizikani o’qitishda sifat masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Odatda, sifat masalalardan o'rganilgan materialni mustahkamlash vositasi sifatida foydanaliladi. Maktab fizika kursining bir qator mavzularini o’rganishda asosan sifat masalalardan foydalaniladi, sifat masalala o’quvchini o’rganilayotgan muammoning fizik mohiyatini qay darajada tushinib yetganligini qisqa vaqt ichida bilib olish imkonini beradi.
Sifat masalalarini rasmiy bilimlarni tekshirishdan farqi shundaki, unda savol shunday qo’yiladiki, bu savolga darsliklar va o’quv qo’llanmalarda tugallangan shaklda javob bo'lmaydi. O’quvchi o’zining fizikadan egallagan bilimlariga asoslangan holda masala shartida berilganlarni umumlashtirib qo’yilgan savolga javob beradi.
O'quvchilarining sifat masalalarni muvaffaqiyatli yecha olishlari ular mavzuga doir bilimlarni yuzaki emas, balki chuqur egallaganligini ko’rsatadi.
Sifat masalalar tarkib, mazmun va murakkablik jihatidan juda xilma-xildir. Sifat masalalarni yechishda, induksiya va deduksiyalarga asoslangan holda mantiqiy xulosalar chiqariladi. Bunday masalalarni yechishda tahlil va sintez o’zaro juda jips bog'liq bo'lib, ularni ba'zan ajratib bo’lmaydi, ya'ni faqat analitik-sintetik usulda talqin qilish mumkin.
Sifat masalalarni yechish fizika o'qitish jarayonida nazariya va amaliyot birligini didaktik printsipini amalga oshirishga yordam beradi. Xususan, eksperimental masalalarni qo'llash o'quvchilarning fizik asboblar, maketlar, qurilmalar va modellar bilan ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan sifat masalalar o‘quvchilarni texnika bilan tanishtiradi, dunyoqarashini kengaytiradi hamda o'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. Demak fizikadan sifat masalalar yechish politexnik ta’limning muhim usullaridan biridir.
Sifat masalalar fizik nazariyalarni chuqurroq tushunishga, fizik tasovvurlarni to'g'ri shakllanishiga yordam beradi.
Sifat masalalarni yechish jarayonida o’quvchilarning kuzatuvchanlik qobiliyati va kundalik hayotda, tabiatda, texnikada fizik hodisalarni farqlash ko’nikmalari shakllanadi hamda bilimdonligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi va ijodiy fantaziyasi rivojlanadi.
O’quvchi sifat masalani yechishi uchun bo’layotgan jarayonni to’g’ri tasovvur etishi, y’ani undagi o’zgarishlar mohiyatini tushunushi va ifodalay olishi, hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishni ochib bera olishi , fizik qonunlarga asoslangan holda hodisani borishini oldindan ko’ra olishi zarur.
Ushbu masalalarning ahamiyati shundaki, ular o‘quvchilar orasida katta qiziqish uyg'otadi va ularni darsda doimiy ravishda e'tiborli bo’lishga chorlaydi, o’qituvchiga esa darsni jonlantirishiga, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamda materialni bayon etish usullarini ko’paytirishiga yordam beradi. Shunday qilib, sifat masalalar yechish ta’lim berishningning samarali usullaridan biri deyish mumkin.
Sifat masalalarni yechish bir necha bosqichni o’z ichiga oladi. Bizning fikrimizcha u quyidagi besh bosqichdan iborat bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
1) masalani shartini o'qish, barcha tushunchalarni aniqlash;
2) masalani shartini tahlil qilish, fizik hodisalarni aniqlashtirish, sxema yoki chizmani chizish (agar zarur bo'lsa);
3) masalani tahlil qilishda, birinchi navbatda, uning fizik mohiyatiga, masalada ko'rib chiqilayotgan fizik jarayonlar va qonunlarni aniqlashga, fizik kattaliklar o'rtasidagi bog'liqlikka e'tibor qaratish;
4) masalani yechish qisqa tushuntirishlar orqali amalga oshirilishi kerak;
5) olingan javobni uning fizik ma'nosi, masala sharti va reallikka muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.
Masalaning mazmunini tahlil qilishda, birinchi navbatda, ushbu mavzu bo'yicha o’quvchilarga ma'lum bo'lgan umumiy qonuniyatlar qo'llaniladi. Shundan so'ng, masalada tasvirlangan hodisani qanday qilib to’g’ri tushuntirish kerakligi aniqlanadi. Masalada qo’yilgan muammoning javobi, tahlilning natijasi bo’lib hisoblanadi. Sifat masalalarda masala shartini tahlil qilish kerakli javobni olish bilan chambarchas bog'liqdir.
Masala yechish rejasini tuzishda masalaning savolidan boshlanuvchi va uning shartida berilgan kattaliklar bilan tugovchi yoki qonunlarni shakllantirish va fizik kattaliklarni aniqlashga yunaltirilgan mantiqiy fikrlashning analitik ketma-ketligi tuziladi. Masala yechishning oxirgi bosqichida, kerakli qonun va fizik kattaliklardan, jismning holati, sifati, xossalarini bayon etishdan boshlanib, masalada qo’yilgan savolga javob berish bilan tugovchi mantiqiy fikrlashning sintetik ketma-ketligi tuziladi.
Sifat masalalarni yechishda analitik-sintetik metodga asoslangan quyidagi usullar qo’llaniladi [2]: evristik, grafik va eksperimental. Ayrim hollarda ularni birgalikda ham qo’llaniladi.
Evristik usul. Bir necha o’zaro bog’liq va aniq maqsad sari yo’naltirilgan sifatga doir savollarni qo’yish va hal etishdan iboratdir.Ularning har biri o’zining mustaqil qiymatiga va yechimiga ega hamda shu bilan birga ular butun masalaning yechimi bo’lib hisoblanadi. Bu usul o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, fizik hodisalar tahlili, masala yechish rejasini tuzish, unung shartida berilgan kattaliklarni ma’lum fizik qonunlar bilan bog’lash, ma’lumotlarni umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi ko’nikmalarni shakllantiradi.
Sifat masalalar yechishning grafik usulida qo’yilgan savolga javob funksiyalar grafiklari, chizmalar, sxemalar, rasmlar va fotografiyalarni o’rganishga asoslangan holda beriladi. Bu usulning afzalligi, uning ko’rgazmaliligi va aniqligidadir
Sifat masalalar yechishning eksperimental usulida masalada qo’yilgan savolga javobni masala shartiga mos ravishda o’tkazilgan tajribaga asoslangan holda olishdan iboratdir. Sifat masalalarni eksperimentalyechish jarayonida o’quvchilar tadqiqotchi sifatida ishtirok etadi, bu o’z navbatida ularning qiziquvchanligini, faolligini oshiradi hamda ularda amaliy ko’nikma va malakalar shakllanadi. Tajriba natijasida javob tez olinadi hamda u ishonchli va ko’rgazmali bo’ladi.
Fizik olimlar va o’qituvchilar orasida sifat masalalardan asosan maktablarning quyi sinflarida foydalaniladi degan fikr shakllanib qolgan [1,2]
Bugungi kunda ushbu fikrga to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Bizning fikrimizcha sifat masalalardan nafaqat quyi sinflarda, balki maktabning yuqori sinflarida, akademik litseylarda va hatto oliy oquv yurtlarida ham foydalanish mumkin [3]. Shundagina to’liq ma’nodagi yetuk mutaxassislarni tayyorlash mumkin, chunki bugungi kunda mamlakatimizga ijodiy fikrlovchi, har bir muammoni hal etishda ijodiy yondashadigan kadrlar kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Лукашик В.И. Иванова Е.В. Сборник задач по физике. 7-9 классы. Москва:Просвещение. 2011. 240 с.
- Тульчинский М.Е. Качественные задачи по физике в средней школе. - Москва: Просвещение, 2002. c.5
- Ibragimov B. “Fizika o’qitishda sifat masalalarning o’rni” “Ҳозирги замон аниқ ва техник фанлар муаммолари ва уларнинг ечимлари” мавзусидаги Республика илмий-назарий анжуман материаллари. Нукус, 2018, II бўлим. 26-28 бетлар.
Выходные данные (библиографическая ссылка):
Ибрагимов Б. . FIZIKA DARSLARIDA SIFAT MASALALARI // Международный каталог для учителей, преподавателей и студентов «Конспекты уроков» // URL: https://xn----dtbhtbbrhebfpirq0k.xn--p1ai/other/articles/file/124898-fizika-darslarida-sifat-masalalari (дата обращения: 22.12.2024)- Развитие компетентности учителя-предметника в условиях современного информационного общества
- Техники защиты в баскетболе
- Как избежать перегрузок при обучении ребёнка
- Как приобрести привычку заниматься физическими упражнениями
- Идея Робсона как модернизация рационального применения оперативного родоразрешения
- Сущность христианской нравственности
- Особенности психологической адаптации студентов отделения Прикладной информатики
Вместе мы делаем образование лучше!
Сейчас на сайте 9455 пользователей.
Отзывы